14 dek 11:10
Yangiliklar
Karuana Klassik turniri g'olibi, amaldagi jahon chempioni uchinchi bo'ldi
Sovrin jamg'armasi 300 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning eng kuchli grossmeysterlari dona surishdi. Musobaqaning so'nggi 9-partiyasida amerikalik Fabiano Karuano oq donalarda angliyalik Adamsni mag'lub etdi.
Peshqadam rossiyalik Yan Nepomnyashiy esa oq donalarda o'ynashiga qaramay, Vashe-Lagrav bilan durang o'ynadi. Bu bilan Nepomnyashiy va Karuananing ochkolari tenglashib qoldi. Reglamentga ko'ra tay-brek o'ynalib, unda Karuana Nepomnyashiyni 2,5:1,5 hisobida engib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen so'nggi turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, armanistonlik Levon Aronyanni taslim etdi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.
9-tur natijalari: Karuana – Adams 1-0, Aronyan – Karlsen 0-1, Anand – So 0-1, Nepomnyashiy – Vashe-Lagrav, Karyakin – Nakamura partiyalarida durang qayd etildi
Yakuniy ko'rinish: 1-2. Nepomnyashiy, Karuana – 6; 3-5. Karlsen, Vashe-Lagrav, So – 5; 6. Nakamura – 4,5; 7. Aronyan – 4; 8. Karyakin – 3,5; 9-10. Anand, Adams – 3.
Tay-breyk. Nepomnyashiy – Karuana 1,5:2,5.
Fikrlar