28 apr 12:53
Yangiliklar
SHaxmat
Karuana: "O'zbekiston katta davlat bo'lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini etishtirmoqda"
Amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana shaxmat rivojida davlatlarning ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"SHaxmat juda foydali. Ammo AQSHda hukumat bu jarayonda deyarli ishtirok etmaydi va biz ko'proq xususiy homiylarga tayanamiz. Evropada davlatlar bu sohada ancha faol. Bu esa rivojlanishga bevosita tasir qiladi. So'nggi 20 yilda eng katta o'sishga erishgan davlatlar O'zbekiston va Hindiston bo'ldi. Ularda shaxmatga davlat tomonidan katta etibor va sarmoya qilinadi, natijalar esa ko'rinib turibdi. O'zbekiston katta davlat bo'lmasa ham, dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini etishtira olmoqda", deydi Karuana.
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar