20 iyu 11:43
Yangiliklar
Tennis
Kasatkina Birmingem turniri finaliga chiqdi
Angliyaning Birmingem shahrida tennis bo'yicha o'tkazilayotgan WTA turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Sayyoramizning 35-raketkasi Darya Kasatkina musobaqa bosh sovrini uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Rossiyalik tennischi 76 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida reytingning 203-pog'onasidan joy olib turgan amerikalik Koko Vandevegedan ustun keldi - 6/0, 6/4.
Viking Classic Birmingham turnirining yarim finalidagi ushbu yuahs davomida 24 yoshli Kasatkina bitta, 29 yashar Vandevege esa ikkita eys zarbasini amalga oshirdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar