10 apr 10:35
Yangiliklar

Kasatkina faoliyatidagi ilk sovrinini qo'lga kiritdi
Volvo Cars Open turniri biroz kutilmaganda rossiyalik 19 yoshli tennischi Darya Kasatkinaning g'alabasi bilan tugadi.
Kasatkina sovrin jamg'armasi 700 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 6 daqiqa davom etgan final uchrashuvida rossiyalik tennischi raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:3, 6:1. Bu Kasatkina uchun WTA turnirlari yakkalik bahslaridagi ilk sovrin bo'ldi.
Bir hafta davom etgan turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirok Darya uchun 132,380 dollar mukofot jamg'armasi hamda 470 reyting ochkosini taqdim etdi.
Final
Darya Kasatkina (Rossiya) – Elena Ostapenko (Latviya) – 6:3, 6:1
Fikrlar