27 iyu 07:50
Yangiliklar
Kasb bayramingiz muborak, aziz hamkasblar!
Bu sanani xalqimizni axborot bilan taminlashdek olijanob ishga bag'ishlagan kasb egalari keng nishonlaydilar. Zero, hayotimizning biron sohasini ommaviy axborot vositalari faoliyatisiz tasavvur etish qiyin.
Bugun O'zbek milliy akademik drama teatrida ushbu sanaga bag'ishlangan tantanali yig'ilish hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Unga vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o'quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o'qituvchilari va talaba yoshlar taklif etiladi.
Fursatdan foydalanib, televideniya, radio, bosma va elektron nashrlarda faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarimizni bugungi kasb bayrami bilan tabriklaymiz! Qalamingiz hamisha o'tkir bo'lsin, aziz hamkasblar!
Fikrlar