18 iyu 07:37
Yangiliklar
Futbol
Kasorla 636 kundan so'ng yana maydonga tushdi
Ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla 636 kunda ilk marta futbol uchrashuvida ishtirok etdi.
Kasorla "Vilyarreal" safida "Erkules"ga qarshi bahsda (1:1) maydonga tushdi. Bahs yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda Kasorla zaxiradan o'yinga qo'shildi. Muxlislar yarim himoyachini qarsaklar bilan kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, sobiq "Arsenal" futbolchisi jarohat tufayli deyarli ikki yildan buyon maydonga tusha olmagan edi.

Havola :
Fikrlar