05 may 10:02
Yangiliklar

Kasper Ruud faoliyatidagi ilk "Masters" chempionligini qo'lga kiritdi
ATP reytingida 15-o'rinni egallab kelgan Kasper Ruud hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi, britaniyalik Jek Dreyperni 7/5, 3/6, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 9, Dreyper 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar g'olib tennischida ikki barobar ko'p bo'ldi - 7 ga 3. Breyklar bo'yicha statistika esa bir xilda bo'ldi - 3 tadan.
Norvegiyalik tennischi faoliyatidagi 13-sovrinni qo'lga kiritdi. U faoliyatida ilk bor "Masters" seriyasiga kiruvchi musobaqa g'olibiga aylandi. Ruud Madriddagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 1000 reyting ochkosi hamda 985,030 evro mukofot puliga ega bo'ldi. Dreyper esa 650 ochko va 523,870 evroga ega chiqdi.
Fikrlar