12 fev 09:42
Yangiliklar
“Katta Dubulg'a”. Bitta medal bilan umumajamoa hisobida 11-o'rinni egalladik
Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini to'rt nafar sportchi himoya qildi. Ulardan faqat birigina Parijdan medal bilan qaytadigan bo'ldi.
SHarofiddin Lutfullaev finalgacha etib etib borib, yakunda kumush medalni qo'lga kiritdi. -60kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz o'z guruhida koreyalik Xarim Li va franciyalik Sedrik Revolni mag'lub etdi. Yarim finalda braziliyalik Felipe Pelimdan ustun keldi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa yaponiyalik mashhur sportchi Toru SHishimega yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, “Katta Dubulg'a” turniri yakuniga ko'ra terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 71ta davlat orasida 11-o'rinni egalladi. Beshta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza medaliga ega dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi bu borada birinchi bo'ldi.
Bizdan avvalgi o'rinlarni Janubiy Koreya, Franciya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Kosovo, Kanada, Gruziya va Xitoy terma jamoalari band etishdi. Jami 17 mamlakat dzyudochilari Franciyadan uyga kamida bitta bronza medali bilan qaytishdi.
Fikrlar