24 fev 11:40
Yangiliklar
“Katta Dubulg'a”. Ikki dzyudochimizda mag'lubiyat
Ushbu musobaqada 71ta davlatdan 500 nafar polvon bahslarga kirishgan. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar azosi Diyorbek O'rozboev (-60kg), Doston Xoliqulov (-66kg) va G'iyosjon Boboev (-73kg) ham bor.
Afsuski, dzyudochilarimizdan ikki nafari saralash boqichidayoq mag'lubiyatga uchrat, o'z ishtiroklarini muddatidan avval yakunlashdi. Diyorbek O'rozboev avvaliga slovakiyalik Devid Starkelni mag'lub etdi, keyin esa ozarbayjonlik Vugar SHirinliga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-66 kg vazndagi Doston Xoliqulov esa ilk bahsidayoq ukrainalik mashhur dzyudochi Georgi Zantarayaga yutqazib qo'ydi. Aynan Zantaraya finalgacha etib borib, kumush medal sohibi bo'ldi. Bugun so'nggi vakilimiz G'iyosjon Boboev tatamiga chiqadi. U ikkinchi davradan bahslarga kirishadi.
Fikrlar