So’nggi yangiliklar

18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0

08 dek 09:30
Yangiliklar

Dzyudo

“Katta Dubulg'a” turniridan bitta bronza medali bilan qaytishdi

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkazilgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi yilning so'nggi nufuzli musobaqasidan qaytib keldi.

Dunyoning 41ta davlati polvonlari ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Murabbiylarimiz Judo Grand-Slam Tokyo 2016 turniriga ikkinchi raqamli va asosan yosh dzyudochilarni olib borishgandi.

Natija ham shunga yarasha bo'ldi. To'qqiz nafar dzyudochimizdan faqat biri sovrindorlar safidan joy oldi. 73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan G'iyosjon Boboev bronza medalini qo'lga kiritdi.

U ikkinchi davradan bahslarga kirishdi va bu bosqichda mo'g'ulistonlik Batgerel Battsetsegni mag'lub etdi. Yarim final yo'llanmasi uchun kechgan uchrashuvda esa bo'lajak chempion yaponiyalik Soichi Xoshimotoga yutqazib qo'ydi.

O'tish bahslarida kurashni davom ettirgan Boboev rossiyalik Denis Yarcev va belgiyalik Dirk Van Ticheltni engib, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Qizlar o'rtasidagi musobaqada qatnashgan Diyora Keldiyorova (52 kg) beshinchi o'rinni egalladi. Gulnoza Matniyozova (70 kg) esa ettinchi o'rin bilan kifoyalandi. 60 kg vazndagi Muhriddin Tilovov ham ettinchi bo'ldi. Qolgan barcha dzyudochilarimiz saralash bahslaridayoq mag'lubiyatga uchrashdi.

Umumjamoa hisobida 10ta oltin, 9ta kumush, 16ta bronza medalini qo'lga kiritgan dzyudo vatani Yaponiya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikdan bittadan oltin medalga ega Rossiya va Mo'g'uliston terma jamoalari yakun yasashdi. Terma jamoamiz 9-pog'onadan joy oldi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing