04 okt 11:59
Yangiliklar
Futbol

Kavani "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin
Hujumchi Edinson Kavani "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, urugvaylik va klub o'rtasidagi muzokaralar so'nggi bosqichda. Agentlar klubdan 10 mln evro gonorar so'rashgan. Bu esa MYU uchun qulay imkoniyat bo'lishi mumkin. Futbolchining tanishtiruvi yaqin vaqtlar ichida amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, yozda Kavanining PSJ bilan shartnomasi yakunlangan va u ayni damda erkin agentga aylangan.
Havola :
Fikrlar