27 iyu 08:37
Yangiliklar
Tennis
Kayl Edmund ikki yillik tanaffusdan so'ng kortga qaytdi
"Australian Open-2018" yarim finalchisi Kayl Edmund Vinnipeg (Kanada)dagi “CHellenjer” turniri saralashining finalida livanlik Xadi Xabibni mag'lub etdi – 6/2, 6/7(3), 6/4.
Etiborlisi, britaniyalik tennischi 2020 yilning oktyabr oyidan beri ilk yakkalik o'yinini o'tkazdi. O'shanda u Venadagi musobaqada qatnasha olmagandi. O'tgan yilning bahorida esa uning chap tizzasi operaciya qilindi.
Ayni paytda ATR reytingida 496-o'rinni egallab turgan 27 yoshli Edmund asosiy to'rning birinchi bosqichida avstraliyalik Rinki Xijikata bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar