31 okt 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Kayo Borralo Uittakerni jangga chorladi
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi Kayo Borralo vaznning sobiq chempioni Robert Uittakerga qarshi jang o'tkazish istagini bildirdi.
"Bu ajoyib jang bo'lardi. Men Robertning ashaddiy muxlisiman. U og'ir jangchi va sovuqqon odam. Agar men Adesanya bilan jang qila olsam, Uittaker bilan ham jang qilishdan xursand bo'lardim. Men allaqachon UFC rahbariyatiga o'rta vazn toifasida chempionlik jangini sug'urtalashga ham tayyor ekanligimni aytdim", dedi Borralo.
Eslatib o'tamiz, Kayo Borralo 2022 yilda Mahmud Muradov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi. Nursulton Ro'ziboev esa 2023 yil noyabrida jarohat tufayli u bilan jang qila olmagan edi.
Havola :
Manba : MMAFighting
Fikrlar