So’nggi yangiliklar

13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0

06 okt 09:49
Yangiliklar

Dzyudo

Kechagi oltin medal evaziga Jahon chempionatidagi ishtirokimizni nechanchi o'rinda yakunladik?

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslari ham ortda qoldi.

Yakkalik musobaqasining so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, -100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhammadsodiq Sodiqov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi. U hal qiluvchi final bahsida yaponiyalik dzyudochini vazari bahosi evaziga taslim etdi. 

SHu tariqa, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan 67 davlat orasida umumjamoa hisobida 4-o'rinni egalladi. Murodil Murodillaev, Mardon Ravshanov va Alisher Samanov terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.

Medallar jamg'arish bo'yicha Yaponiya terma jamoasi juda katta ustunlik bilan mutlaq etakchi bo'ldi. Dzyudo vatani vakillari 6 ta oltin, 5 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bitta oltin, 2 ta kumush medalga ega Xitoy terma jamoasi ikkinchi o'rinda qoldi. Kuchli uchlikka franciyalik dzyudochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan yakun yasashdi. 

Bizdan keyingi o'rinlarni Koreya Respublikasi, Gruziya, Avstriya, Kolumbiya, Ozarbayjon, Germaniya, Italiya va Tojikiston terma jamoalari band etishdi. Jami 21 davlat terma jamoalari Tojikistondan kamida 1 tadan bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi. Sakkiz davlat oltin medalga ega chiqdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing