18 noy 11:20
Yangiliklar

Kerber - joriy mavsumda eng ko'p sovrin jamg'armasiga ega tennischi!
Germaniyalik raketka ustasi 2016 yilgi mavsumda 10 mln 136 ming 615 AQSH dollari ishlab oldi. Bu faqat turnirlardagi sovrin jamg'armalaridan ishlab topilgan summa hisoblanadi.
Ikkinchi o'rinni amerikalik Serena Uilyams band etdi. Sobiq birinchi raketka bu yilgi mavsumda 7 mln 675 ming 30 dollar ishladi. Kuchli uchlikka 4,333,253 dollar bilan ruminiyalik Simona Xalep yakun yasadi.
TOP-10. ENG KO'P PUL ISHLAB TOPGAN TENNISCHILAR :
1. Anjelik Kerber (Germaniya) – $10,136,615
2. Serena Uilyams (AQSH) – $7,675,030
3. Simona Xalep (Ruminiya) – $4,333,253
4. Agneshka Radvanska (Polsha) – $4,162,193
5. Karolina Plishkova (CHexiya) – $3,976,093
6. Dominika Cibulkova (Slovakiya) – $3,940,433
7. Garbine Mugurusa (Ispaniya) – $3,903,388
8. Viktoriya Azarenko (Belarus) – $2,651,080
9. Petra Kvitova (CHexiya) – $2,500,516
10. Svetlana Kuznecova (Rossiya) – $2,396,479
Fikrlar