13 noy 15:23
Yangiliklar
Tennis

Kerberning zarbasi oktyabr oyining eng yaxshisi deb topildi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Anjelik Kerberning zarbasi oktyabr oyining eng yaxshisi deb topildi.
WTA rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomada aynan Kerberning Singapurda o'tgan yilning yakuniy turnirdagi zarbasiga eng ko'p ovoz berishgan. Germaniyalik tennischi 74 foiz ovoz to'pladi.
Ikkinchi o'rinni polshalik Agneshka Radvanska 11 foiz ovoz bilan egalladi. Kuchli uchlikka bir yo'la ikki tennischi – slovakiyalik Dominika Cibulkova va avstraliyalik Darya Gavrilova 6 foizdan ovoz jamg'arib, yakun yasashdi.
Havola :
Fikrlar