19 mar 11:33
Yangiliklar
Futbol

Kessie “Napoli”ga o'tadimi? Agent javob berdi
Jorj Atangana mijozining “Napoli”ga o'tishi mumkinlig haqida gapirdi.
“Gattuzoni “Napoli”ga bosh murabbiy bo'lgani bilan tabriklaganman. U Frank haqida yaxshi fikrda. Ammo, bu transferning amalga oshishi uchun kamlik qiladi. Bir necha yil oldin Kessiening “Napoli”ga o'tishiga oz qolgandi.
Biroq yakunda bu ish amalga oshmagandi. Uni “Milan”da qolishga tayyor deb o'ylayman. Lekin buni 100 foiz ishonch bilan ayta olmayman. Agar qishki transferlar vaqtida yaxshi takliflar bo'lsa, uni albatta ko'rib chiqamiz”, - dedi futbolchining agenti Atangana.
Havola :
Fikrlar