08 okt 15:19
Yangiliklar
Tennis

Keyingi mavsumda "Devis Kubogi" yangicha formatda o'tkaziladi
Yangi mavsumdan boshlab "Devis Kubogi"ning mintaqaviy bahslarida o'zgarishlar bo'ladi.
O'yinlar endi uch kun emas, ikki kun o'tkaziladi. Bahslar esa beshta setlikdan uch setliga o'zgartirildi.
Birinchi kungi o'yinlarda ikkita yakkalik o'yin o'tkaziladi. Ikkinchi kuni esa juftlik, so'ngra yana yakkalik o'yinlari bo'lib o'tadi, deya xabar qilmoqda turnir rasmiy sayti.
Bundan tashqari bitta to'qnashuv uchun ro'yxatga kiritish mumkin bo'lgan sportchilar soni to'rt nafardan besh nafarga etkazildi.
Havola :
Manba : daviscup.com
Fikrlar