12 okt 10:51
Yangiliklar
Futbol
Keyn Lempardning rekordini takrorladi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Evro-2020 saralashidan o'rin olgan CHexiyaga qarshi o'yinda (1:2) hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgandi.
Keyn uchrashuvning 5-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. Natijada Harri Frenk Lempardning terma jamoadagi rekordini takrorladi. Frenk o'z vaqtida 9 ta penaltini aniq amalga oshirgandi.
Bundan tashqari Keyn Angliya terma jamoasi sardorligi bog'ichi ostida harakat qilgan bahslarda jami 20 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Havola :
Fikrlar