31 okt 19:53
Yangiliklar
Futbol

Kichkina Ronaldudan dahshatli statistika
"Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning katta o'g'li (kichkina Krishtianu) "keksa sinora"ning 9 yoshgacha bo'lgan bolalar jamoasida to'p surishidan xabaringiz bor.
Kichik Krishtianu turinliklar safida 28 uchrashuv o'tkazgani holda, 58 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 18 marta jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib berdi.
Eslatib o'tamiz, ota-bola "Yuventus" klubi tarkibiga 2018 yilning yozida kelib qo'shilishgandi. "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi esa ortda qolgan muddat davomida 54 uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta golning muallifiga aylandi.
Havola :
Fikrlar