05 mar 08:18
Yangiliklar
Tennis

Kim Kliysters Mayamidagi turnir uchun wild card oldi
Belgiyalik tennischi Kim Kliysters 24 mart kuni boshlanadigan Mayamidagi musobaqa uchun wild card oldi.
Bu haqida musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
"Men har doim Mayamini yaxshi ko'rganman. Qolaversa, menda bu joy bilan bog'liq juda ko'p yaxshi xotiralar bor. Bu erda ajoyib natijalarni ko'rsata olganman. Qaytishimni kutyapman", - dedi Kliysters.
Eslatib o'tamiz, tennischi ushbu musobaqada 2005 va 2010 yillarda g'olib bo'lgan. U Mayamida so'nggi marta 2012 yilda kortga chiqqan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar