24 fev 12:50
Yangiliklar
Futbol

Klaudio Raneri: "Bizni intriga saqlanib qolgan javob o'yini kutmoqda"
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri ECHL 1/8 finali doirasida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2)ga yana bir bor to'xtaldi.
"Biz qarshi hujumlarda sovuqqonroq harakat qilganimizda, yanada ko'prog'iga erishgan bo'lardik. Kiritgan golimiz juda va juda muhim edi. Endi bizni intriga saqlanib qolgan javob o'yini kutmoqda.
Javob bahsida ham oson bo'lmasligini bilamiz. Biroq biz jangga tayyormiz. Kasper fantastik o'yin ko'rsatdi, penaltini qaytardi. Umuman, men barcha futbolchilarning o'yinidan qoniqdim", - dedi Raneri.
Havola :
Fikrlar