28 mar 16:25
Yangiliklar

Klichko Kievda xayrlashuv jangini o'tkazmoqchi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko (64-4) so'nggi jangini Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida o'tkazish istagi borligini aytib o'tdi.
"Ushbu arena chempionlik janglarini tashkil qilish uchun barcha talablarga javob beradi. Evro-2012 finali bo'lib o'tgan ushbu stadion Germaniyaning eng yaxshi stadionlaridan ham qolishmaydi.
Bu erda jang o'tkazishni judayam istayman. So'nggi jangimni "Olimpiyskiy"da o'tkazsam ajoyib bo'lardi", - deydi Klichko.
Eslatib o'tamiz, ungacha ukrainalik bokschi 29 aprel kuni chempionlik kamari uchun jangda Entoni Joshuaga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : fcdynamo.kiev.ua
Fikrlar