29 noy 15:55
Yangiliklar
Klichko prof boksga qaytish va ilk jangidayoq kamar uchun jang qilish bo'yicha muzokara o'tkazdi
Bu haqda nufuzli Daily Mail nashri xabar bermoqda. U og'ir vaznda amaldagi IBF chempioni, britaniyalik Daniel Dyubua bilan jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bordi.
Vladimir 22 fevral kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida Daniel bilan jang o'tkazishni rejalashtirgandi. Biroq, shu haftada muzokaralar to'xtab qolgan. Promouterlar Mayk Tayson va Jeyk Pol o'rtasida raqobat va shouning yo'qligi sababli bazi muxlislar tomonidan tanqid qilingan jang turining takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikka qaror qilishdi.
Malumot uchun, Klichko so'nggi jangini 2017 yil aprel oyida britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan va shundan so'ng faoliyatini yakunlagandi.
Fikrlar