07 okt 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko qaysi jangni kutayotganligini aytdi
Superog'ir vazn toifasining sobiq jahon chempionlaridan biri Vitaliy Klichko qanday jang tomosha qilishni istayotganini aytib o'tdi.
"Og'ir vaznli bokschilarning yangi avlodi keldi. Ularda kuch bor, o'ziga yarasha dunyoqarash bor. Men ko'plab istedodli bokschilarni ko'ryapman. Ular yaxshigina mahoratga ega. Superog'ir vaznli bokschilarda kuch bor. Aynan shu narsa divizionni qiziqarli va tomoshabop qiladi.
Ko'ramiz, keyingi janglarda nima bo'larkin. Menga kim eng kuchliligini tomosha qilish qiziqarli. Agar Joshua Pulevni mag'lub eta olsa, Uaylder bilan jang qilishi mumkin. Ana shundan so'ng biz kim eng zo'ri ekanligini bilib olishimiz mumkin", - deydi Klichko.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar