15 dek 10:02
Yangiliklar
Futbol

Klopp endi golni nishonlamasligini aytdi. Nima uchun?
“Liverpul” bosh murbbiyi Yurgen Klopp APL 17-turi doirasida “Uotford”ga (2:0) qarshi kechgan bellashuvda jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning ikkinchi goli haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, bellashuvda Saloh to'p kiritgach, bosh hakam videotakror orqali vaziyatni ko'rib, misrlik hujumchining golini inobatga oldi.
“Qachonki ikki to'p farqi bilan oldinda borayotgan ekansan, sen bunday holatlarda u qadar tashvishga tushmaysan. To'g'risini aytganda, men o'sha vaziyatda ofsayd bor yoki yo'qligini ko'rmay qoldim. Bundan buyon jamoam gol urganda darrov nishonlamayman, chunki doim gol urilganidan keyin uni o'yin qoidasini buzilmagan tarzda kiritilganligini tasdiqlashlarini kutish lozim bo'layapti”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar