So’nggi yangiliklar

18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0 13:29Мбаппенинг маошидан кўпроқ? Винисиус "Реал" билан янги шартнома бўйича келишувга эришди 0 13:08Жавоҳир Синдаров, Нодирбек Абдусатторов ва бошқа шахмат юлдузлари футбол ўйнашди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

18 dek 12:30
Yangiliklar

SHaxmat

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati. Bugun final

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30da Yaponiyada klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda Evropa chempioni Madridning “Real” klubi Yaponiya chempioni “Kashima Antlers”ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Yokogama shahridagi “Yokogama” stadionida bo'lib o'tadi.

FINAL

“Real Madrid” (Ispaniya) – “Kashima Antlers” (Yaponiya)

18 dekabr 2016. Yokogama. “Yokogama Interneyshnl” stadioni. 15:30 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Janni Sikazve (Zambiya), Marva Range (Keniya), Jerson Dos Santos (Angola), Viktor Kashshai (Vengriya)

3-o'rin uchun o'yin

“Amerika” (Meksika) – “Atletiko Nasional” (Kolumbiya)

18 dekabr 2016. Yokogama. “Yokogama Interneyshnl” stadioni. 12:00 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Navaf SHukrulla (Bahrayn), Yosir Tulefat (Bahrayn), Tolib Al Marri (Qatar), Abdulqodir Zituni (Franciya Polineziyasi)

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan:

- Bu musobaqa biz uchun juda muhim. Yaponiyaga g'olib bo'lish uchun keldik, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinayapmiz. O'yin qiyin bo'ladi, “Kashima” bizga muammolar yaratadi, bunga tayyormiz. Balki, birinchi o'yinni uzoq parvozdan so'ng charchoq, iqlimga moslashish va maydonga ko'nikish tufayli yaxshi o'tkazmagandirmiz. “Amerika”ga qarshi yarim final bahsda ko'p kuch yo'qotdik, ammo finalga tayyormiz.

“Real” sardori Serxio Ramos:

- Har safar sovrin yutish imkoniyati tug'ilganida yangi narsaga to'qnash kelasan. Ko'plab g'alabalarga qaramay har yili barchasini yangitdan boshlayman. Men - sardorman, g'alaba qozonsak sovrinni boshim uzra ko'taraman. Bundan faxrlanaman. Ko'plab sovrinlarni ko'tarishni orzu qilaman. Finalda g'olib bo'lib chempion bo'lishni istayman.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing