19 dek 00:33
Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH. "Al-Ayn" shov-shuvli tarzda finalga chiqdi
Yarim finalning ilk uchrashuvida mezbon sifatida ishtirok etayotgan "Al Ayn" klubi Libertadores kubogi sohibi, Argentinaning "River Pleyt" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yinning asosiy vaqtida tomonlar 2:2 hisobidagi jangovor durangga imzo chekishdi. Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob o'zgarmadi.i
Lotoreyalar bahsida esa omad maydon egalariga kulib boqdi. Nomdor raqibini mag'lub etgan "Al Ayn" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finaliga yo'l oldi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida OCHL g'olibi, Yaponiyaning "Kashima Antlers" hamda ECHL chempioni, Madridning "Real" klublari to'qnash kelishadi.
River Pleyt Argentina – Al-Ayn BAA 2:2 (penaltilar bo'yicha 4:5)
"Hazza Bin Zayed Stadium"
Gollar: 0:1 – 3, avtogol Pinola, 1:1 – 11 Borre, 2:1 – 16 Borre, 2:2 – 51 Kayo.
River Pleyt – Armani, Maydana, Kasko, Montiel, Pinola, Fernandes (Kintero, 55), Ponsio (de la Krus, 87), Palasios (Peres, 55), Martines (Skokko, 90), Borre, Pratto.
Al-Ayn – Essa, Axmed, Siotani, Axmed, El-SHaxat, Fayez, Barman (Abdurraxman, 82), Dumbiya (Nader, 107), Kayo, Berg (Moxammed, 75), Abdurraxman (Yaslam, 64).
Ogohlantirishlar: Pinola (9), El-SHaxat (50), Borre (54), Kayo (61), Axmed (80), Kasko (89), de la Krus (112).
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.

Fikrlar