09 dek 12:22
Yangiliklar
Futbol
Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun "Al Jazira" o'ynaydi
Bugun BAAda davom etayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi.
KONKAKAF chempioni Meksikaning "Pachuka" va Afrika chempioni Marokashning "Vidad Kasablanka" klublari o'rtasidagi o'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishadi.
"Pachuka" safida yaponiyalik mashhur futbolchi Keysuke Xonda o'ynamoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Bu o'yin g'olibi yarim finalda Braziliyaning "Gremio" klubi bilan to'qnash keladi.
Mezbon mamlakat chempioni "Al Jazira" klubi Osiyo chempionlar ligasi g'olibi Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubi bilan o'ynaydi. Ushbu bahsda g'olib chiqqan jamoa yarim finalda Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar