15 dek 11:24
Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH. "Liverpul"ning raqibi malum bo'ldi
“Jassim Bin Hamad” stadionidagi gollarga boy kechgan bahsda Meksikaning “Monterrey” klubi Qatar vakili “Al Sadd”ni mag'lubiyatga uchratdi. Endi Xavi boshchiligidagi Qatar klubi Tunisning "Esperans" jamoasi bilan musobaqaning beshinchi jamoasi nomiga aniqlik kiritadi.
“Monterrey” esa 18 dekabr kuni final yo'llanmasi uchun Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” bilan kurashadi. Final chiptalari uchun ikkinchi bahsda “Al Hilol” va “Flamengo” klublari maydonga tushishadi.
Monterrey (Meksika) – Al Sadd (Katar) 3:2
“Jassim Bin Hamad Stadium”
Gollar: 1:0 – 23 Vandjoni, 2:0 – 45 Funes Mori, 2:1 – 66 Bunedja, 3:1 – 77 Rodriges, 3:2 – 89 Xassan.
Monterrey – Barovero, Vandjoni, Montes (Basanta, 86), Medina, Sanches, Pisarro (Layyun, 80), Gonsales, Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 73), Rodriges.
Al Sadd – Al-SHeb (Eysa, 85), Al-Xadjri (CHjon U En, 71), Xassan, Pedru Migel, Salman, Gabi, Xuxi, Nam Txe Xi, Afif, Xalid, Bunedja.
Ogohlantirishlar: Bunedja (32), Xuxi (37), Pedru Migel (41), Gonsales (55), Sanches (61), Salman (75).
Fikrlar