28 avg 14:18
Yangiliklar
Futbol

Kolarov "Inter"ga o'tmoqda
"Inter" yaqin vaqtlar ichida "Roma" himoyachisi Aleksandr Kolarov bilan shartnoma imzolaydi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Milan klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Qishda serbiyalik himoyachi "Roma" bilan shartnomani 2021 yil yoziga qadar uzaytirgandi.
Kolarov "Roma" tarkibida 2017 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. "Bo'rilar" tarkibida u 132 o'yinda 19 gol va 20 assist qayd etgan.
Havola :
Manba : La Gazzetta dello Sport
Fikrlar