14 iyu 14:23
Yangiliklar
Kolumbiya futbolchisi o'lim tahdidlari tufayli JCH-2026`dan so'ng vataniga qaytmadi
Manba bergan malumotlarga ko'ra, 26 yoshli Kampas ijtimoiy tarmoqlarda kelayotgan o'lim tahdidlari sababli AQSHda qolishga qaror qilgan.
JCH-2026 1/8 finalidan o'rin olgan SHveycariyaga qarshi bahsning tugashiga 6 daqiqa qolganida, Kampas qulay vaziyatdan raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi. Yakunda uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi, penaltilar seriyasida esa kolumbiyaliklar 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayrlashishdi.
Etiborli jihati shundaki, Kolumbiyada bundan oldin ham jahon chempionatidan so'ng milliy terma jamoa futbolchisining o'ldirib ketilishi bilan bog'liq ayanchli tajriba mavjud. 1994 yilgi jahon birinchiligida AQSHga qarshi o'yinda o'z darvozasiga gol urib qo'ygan Andres Eskobar vataniga qaytganidan so'ng o'ldirilgan edi.

Fikrlar