21 jan 21:54
Yangiliklar

"Koncert" tamom, hamma uyga qaytsin!
O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa bu safar ham omadsizlikka uchradik. 2004 yili chorak finalda lotoreyalar seriyasida yutqazgandik. O'shanda ham Marat Bikmaev 11 metrli nuqtadan adashgandi. Bu safar ham u gol urolmadi.
Xullas, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019ni 1/8 finalda to'xtatdi. Penaltilar seriyasida yutqazgan bo'lsak-da, Ignatiy Nesterovga alohida rahmat. O'yin davomidagi seyvlaridan tashqari bitta penaltini qaytarishga ham muvaffaq bo'ldi.
Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
AVSTRALIYA - O'ZBEKISTON 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)
21 yanvar 2019. Al-Ayn. "Xalifa bin Zayd" stadioni.
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh (ikkisi Qatar)
Darvoza ortidagi hakamlar: Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf (ikkisi Qatar).
Zaxira hakami: Deniya Gedara Palita (SHri-Lanka)
Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)
O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev (4.Farrux Sayfiev, 105) - 19.Otabek SHukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 73) - 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg'unboev, 107), 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 104).
Ogohlantirishlar: Islom To'xtaxo'jaev 2, Tom Rogich 19, Aziz Bexich 25, Davron Hoshimov 47, Rayan Grant 109.
Fikrlar