So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

10 okt 13:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregor 2024 yilning eng yaxshi jangchisi kim ekanini aytdi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yakuniga etib borayotgan 2024 yilning eng yaxshi jangchisi kim degan savolga javob berdi.

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra vazn toifasidan qati nazar joriy yilning eng yaxshi jangchisi ekan.  

"2024 yil Aleks Pereyraning yili bo'ldi. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Men Aleksni birinchi o'ringa qo'yaman. O'ylashimcha, u Jon Jonsga etarlicha muammo tug'dira oladi. Uning jang o'tkazish uslubi Jon uchun xavfli hisoblanadi. Jonsning o'zi og'ir vazn uchun yangi jangchi – u Siril Ganga qarshi yaxshi jang o'tkazdi. Lekin hali u og'ir vazn etakchilari sinovida o'tkazgani yo'q. Aleks Jon uchun juda munosib raqib. Men bu jangni ko'rishdan baxtiyor bo'lardim. Kimdir uchinchi chempionlik kamari uchun jang qilishi kerak-ku! O'sha men yoki Aleks bo'ladi", - deya The Schmo nashriga intervyu bergan Konor. 

Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra yakshanba tongida Solt-Leyk-Siti shahrida o'tgan UFC 307 turnirining markaziy jangida Xalil Rauntrini to'rtinchi raundda texnik nokautga uchratib, o'z chempionlik kamarini uchinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. SHunga qaramay, u P4P reytingida rossiyalik Islam Maxachevdan o'zib keta olmagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing