16 iyu 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi
Ikkita vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga Pensilvaniya shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuv paytida uyushtirilgan suiqasd haqida fikr bildirdi.
"78 yoshli milliarder yaxtasida dam olishi, golf klublariga sayohat qilishi kerak. Ammo u bunday odam emas. U Pensilvaniyada o'qdan qochmoqda. Tramp bularning barchasini vataniga bo'lgan muhabbati tufayli qilmoqda. Xudo Trampga yordam bersin. Xudo Amerikani asrasin", deb yozdi Konor ushbu voqeadan so'ng.
Malumot uchun, sobiq prezidenti Donald Tramp UFC'ning muxlisi hisoblanadi. U amerikaliklar ishtirokida o'tadigan bir qancha chempionlik janglariga tashrif buyuradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar