05 jan 13:27
Yangiliklar

Konor Makgregor ikkinchi bor ota bo'ldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor oilasida yana bir farzand dunyoga keldi.
Irlandiyalik sportchi bundan bir yarim yil oldin o'g'il farzandlik bo'lgandi.
“2019 yil men uchun omadli boshlandi. Farzandim sog'-salomat, ularning onasi ham. Barchaga tabrik uchun rahmat”, - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Konorning birinchi farzandi 2017 yilning 5 may kuni dunyoga kelgan va yangi mehmonga Jek Makgregor deb ism berishgandi.
Havola :
Fikrlar