So’nggi yangiliklar

09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0

21 mar 14:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregor Irlandiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo'ymoqchi

Teglar :  Konor Makgregor
UFC sobiq chempioni, Konor Makgregor Irlandiya prezidenti lavozimiga nomzodligini qo'yish niyati borligini elon qildi.

U o'z hamyurtlarini saylovda unga ovoz berishga chaqirdi.

"2026 yilning 12 iyuniga qadar Irlandiya Evropadagi Migraciya pakti talablarini to'liq bajarishi kerak. Bu shundan dalolat beradiki, ushbu muddatga qadar parlamentning har ikki palatasi bir qancha qonunlarni qabul qilishi, prezident esa ularni imzolashi shart.

Keyingi prezidentlik saylovlari 2025 yil 11 noyabrga qadar o'tkazilishi kerak. Mendan tashqari kim hukumatga qarshi chiqishi mumkin? Ular nomzod qilib ko'rsatmoqchi bo'lgan xech bir shaxs hukumatga qarshi tura olmaydi. Lekin men bunga qodirman!

Prezident sifatida men bu qonun loyihasini referendumga qo'yar edim. Men bu paktga mutlaqo qarshi bo'lsam ham, bu mendan yoki hukumatdan emas, Irlandiya xalqiga tegishli qaror. Va hamisha shunday bo'lgan! Bu haqiqiy demokratiya!

Amaldorlarimiz bu paktni nega jon-dildan qo'llab-quvvatlayotganini eshitish menga qiziq bo'lar edi. Men bahslarni tinglab, undan keyingi ovoz berish jarayonini kuzatishdan mamnun bo'lar edim! Men prezident bo'lganimda, Irlandiyaning kelajagi shunday bo'ladi. Har bir irlandiyalik o'z fikrini bildirish va o'z kelajagini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak!

Irlandiya, tanlov senda, va bu tanlov juda oddiy. Menga ovoz ber va biz birgalikda Irlandiyani qutqaramiz!" — deb yozdi Makgregor o'z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing