So’nggi yangiliklar

18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0

01 fev 10:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregor Xabibga jang uchun 100 mln dollar taklif qildi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamon Xabib Nurmagomedovdan mag'lubiyati uchun revansh olish fikridan qaytgani yo'q.

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi bundan olti yil avval faoliyatidagi eng alamli mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. O'shanda Xabib Nurmagomedovni Konorni bo'g'ish usulida taslim etgandi. 

"Xotiningni ko'rsat. Farzandlaringni ko'rsat. Hamma jiyanlaringni ko'rsat. CHunki, bizning farzandlar ularni Irlandiyadagi musobaqada ularni yakson qilishmoqchi. Irlandiya va Dog'istonni taqqoslagan payting o'zaro musobaqadagi shu kurashni nazarda tutganmiding? Qani sening dovyuraklaring? Biz ularni ko'rishni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Sen aytganlar Dog'istonning eng zo'rlarimi? Dog'iston, bu borada biz qanday fikrdamiz? Bu rostan Xabib aytgandekmi? Sizlardan keyingisi kim bo'ladi? Bo'g'irsoq baribir men bilan jang qilmaydi", - dedi Konor keskin murojaatida.  

"O'zi bu semiz uchun kim jang va raqib belgilaydi? Otasi Abdulmanap aniq bu ishni endi qilmaydi. Dog'istonda buni hamma biladimi? Dog'iston seni qo'rqoq ekaningni biladi. Boisi, sen nafaqaga chiqmagansan, qochib ketgansan. Haqiqiy Dog'iston abadiy. Seni dangasa deyishyapti, ustingdan kulishyapti. Men bilan 100 million dollar uchun jang qil va bu pullarni Dog'istondagi o'z qishlog'ingga ber! Lekin sen bu ishni qila olasanmi? Yo'q! CHunki, sen semirib ketgan dangasa qo'rqoqsan!", - deya so'zlariga yakun yasadi Makgregor. 

Dog'iston va Irlandiya o'rtasidagi dahanaki jang Usman Nurmagomedovning o'tgan hafta irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi jangidan keyin avj olgandi. Usman Bellator kamarini muvaffaqiyatli himoya qilganidan keyin Xabib Polni Dog'istonga taklif qilgandi. Bu holat Konor Makgregorni g'ashiga tekkandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing