So’nggi yangiliklar

23:24Шоҳжаҳон Эргашев, "Сатурн" ва бошқалар - IBA Nomad 16 турнири олдидан матбуот анжумани ва face-to-face ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 20:52Фомин Хитойдаги M25 турнирининг чорак финалига чиқди 0 20:21Тарихда илк бор! Жавоҳир Синдаров дунёнинг Топ-3 шахматчиси! 0 19:50ЎФА вице-президенти Одил Аҳмедов терма жамоанинг ноябрдаги рақиблари масаласига ойдинлик киритди 0 19:19IBA ЖЧ-2027 учун мукофот жамғармаси эълон қилди 0 18:48Сибирцев Остонада ўтаётган Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 18:17Исроил Мадримовнинг вазнида WBC рейтинги янгиланди 0 17:46Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади 0 17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0

24 may 18:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Makgregorga Islam Maxachevning kamari qiziq emas!

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor engil vazn chempioni Islam Maxachevning kamari qiziq emasligini malum qildi.

Avvalroq, Maxachev Dastin Porega qarshi o'tkazadigan chempionlik himoya jangidan keyin sentyabr oyida Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini malum qilgan edi. Lekin irlandiyalikni engil vazndagi chempionlik kamari qiziqtirmayapti. 

"Men bu chempionlik kamarini qo'lga kiritib bo'lganman. Yana vazn tashlab, kamar uchun jang qilish menga kerakmi? Hozirgi holatda menga ko'proq BMF va yarimo'rta vazndagi chempionlik kamarlari qiziqroq tuyulyapti. O'ylashimcha, UFC rahbarlari meni nomimdagi pullik chempionlik kamari joriy qilishlari kerak. Ular men uchun nimadir o'ylab topishlari lozim. CHunki, bularning bari mening ism-sharifim sabab yuzaga kelgan", - dedi Makgregor. 

Eslatib o'tamiz, ayni paytda yarimo'rta vazndagi UFC chempionlik kamari britaniyalik Leon Edvardsga tegishli bo'lib turibdi. U 27 iyul kuni Manchester shahrida o'tadigan UFC 304 turnirida amerikalik Belal Muhammaddan kamarini himoya qiladi. BMF kamari esa Makgregorning sobiq raqibi Maks Xolloueyning qo'lida. Mak Jastin Getjiga qarshi kechgan dramatik jangda ushbu kamarni qo'lga kiritgandi. 

Konor Makgregorning o'zi esa 29 iyun kuni Las-Vegasda o'tadigan UFC 303 turnirida amerikalik Maykl CHendler bilan hisob-kitob qiladi. Bu irlandiyalik uchun uch yillik tanaffusdan keyingi ilk jang bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing