13 jan 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konor Porega qarshi jangda favorit"
UFC jangchisi Aleksandr Volkovning murabbiyi Taras Kiyashko Konor va Dastin o'rtasidagi ikkinchi jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Konor bitta joyda to'xtab qolmagan. Biroq jang qiziqarli bo'ladi, chunki Pore ko'plab raqiblarga qarshi kurashib, yanada malakasini oshirdi. U g'alaba qozonishni xohlayapti. Biroq revanshda Konor ustun. SHunday bo'lsada, Konor jangni qanday o'tkazishi meni qiziqtiryapti", - dedi Kiyashko.
Eslatib o'tamiz, Konor va Dastin o'rtasidagi revansh 24 yanvar kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Jang UFC 257 kechasining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar