So’nggi yangiliklar

19:16Octagon League Тошкентда яна турнир ўтказади. Бу сафар Достон Бозоровни ҳам кўрамиз (ПОСТЕР) 0 18:55Ҳумоюн Тўхтамуродов ҳам "Ҳумо Арена"да жанг қилади (ВИДЕО) 0 18:34Ошпаз ва официантликдан футболга. Боаке ҳақида 7 қизиқарли факт 0 18:13Усман 30 ойга дисквалификация қилинди 0 17:52Дана Уайт Жонс ва Перейра ўртасидаги жангни ташкил этиш шартини айтди 0 17:49Ўзбек спорти халқаро эътироф марказида: Европа нашрлари баҳоси 0 17:31Махачевми ёки Топурия? — Пимблетт энг яхши P4P жангчисини айтди 0 17:10Равшан Ҳайдаров: "Футболчиларимиз жанговар ҳолатда" 0 16:4918 ёшли Мирра Андреева фаолиятидаги бешинчи WTA финалига чиқди 0 16:28Нурмагомедов Россия MMAси тарихидаги Топ-5 жангчиларни айтди 0 16:07"Ёқмаса, кўрманглар!" — Уайт танқидчиларга жавоб қайтарди 0 15:46Европа терма жамоаси афсонаси "Тоттенхэм" мураббийига айланди 0 15:25Тошкентда ён қўшниларимиз иштирокида қўшма машғулот ўтказиляпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:04Нурмагомедов UFC'даги кейинги жангини асли афғонистонлик спортчига қарши ўтказади 0 14:43Жошуа ҳалокатли ЙТҲдан сўнг машғулотга қайтди (ВИДЕО) 0

20 fev 13:55
Yangiliklar

Futbol

Konstantin Galcha: "Lokomotiv"da hamma narsa bor..."

OCHL o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Al Taavon” bosh murabiiyi Konstantin Galcha va jamoa sardori Talab Ali Absi qatnashdi.

Ruminiyalik murabbiy bo'lajak bahs haqida fikr bildirar ekan, ko'p narsa omadga bog'liqligini aytib o'tdi.

“O'zbekistonda mavsum hali boshlanmaganini bilamiz. Bu biz uchun yaxshimi? To'g'risi, bir narsa deyishim qiyin. CHunki bazi jamoalar birinchi rasmiy o'yindayoq ijobiy natija ko'rsata olishadi. “Lokomotiv”da hamma narsa bor: kuch, tezlik va raqibga nisbatan bosim. Ochig'i, bu jamoani hurmat qilish lozim”.



“Albatta, ertangi bahs biz uchun juda muhim. CHunki klub tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi o'yinini o'tkazamiz. Futbolchilarimiz bo'lajak uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Biz yangi tarix yaratishga harakat qilamiz”.

“Menda ertangi o'yinga oid bir qator rejalar bor: uchrashuvni A planda boshlaymiz va o'xshamasa B, C rejalarga o'tamiz. Albatta, Osiyo chempionlar ligasida omad tufayli qatnashyapmiz va guruhdagi barcha raqiblarni hurmat qilamiz. “Lokomotiv”, “Al Ahli”, “Istiqlol” – bular Osiyoda nomi chiqqan klublar hisoblanadi. Lekin, biz ham o'zimizni ko'rsatishni xohlaymiz”, – deydi “Al Taavon” bosh murabbiyi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing