15 okt 14:24
Yangiliklar

Konstantin Kravchuk: “Denisdan kechirim so'rayman”
Taqdirlash marosimida so'zga chiqqan Kravchuk o'z fikrini bildirar ekan, finaldagi g'alaba uchun Denis Istomindan kechirim so'radi.
“Avvalo, bugungi g'alabam uchun Denisdan kechirim so'rayman. Kecha u 3ta uchrashuvda g'alaba qozonib, haqiqiy qahramonlik ko'rsatgandi. Bir kunda 3ta murakkab o'yin o'tkazib, unda zafar quchish hammaga ham emas.
Istominga sog'liq tilayman. Mavsum so'nggigacha o'tkaziladigan turnirlarda omad tilayman. Barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Har yili katta xursandchilik bilan Toshkentga kelaman.
Oilam va murabbiyimga ham katta rahmat aytmoqchiman. Istagim yaqin 10 yillikda O'zbekistondan Denisga o'xshagan kuchli tennischilar etishib chiqsin”, - dedi Kravchuk.
Fikrlar