09 dek 11:17
Yangiliklar
Futbol

Konte “CHelsi” himoyachisiga ko'z tikdi
Antonio sobiq shogirdini “Inter”da ko'rmoqchi.
“Inter” qishki transferlar vaqtida “CHelsi” himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Alonsoni Milanda ko'rishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte xohlamoqda. Konte vaqtida Alonso bilan “CHelsi”da birga ishlagan. Alonso uchun Italiya begona emas. U “CHelsi”ga qadar “Fiorentina” safida to'p surgan.
Joriy mavsum Markos “CHelsi” safida APLning 7 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar