26 sen 15:26
Yangiliklar
Futbol
Konte "Inter"ning A Seriyadagi rekordini o'rnatdi
Italiya A Seriyasining 5-turi doirasida "Inter" klubi "Lacio"ni 1:0 hisobida taslim etdi.
Qiziqarlisi, bu g'alaba klubning Italiya chempionatidagi qatorasiga beshinchi g'alabasi bo'ldi. Bu bilan "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining A Seriyadagi rekordini o'rnatdi. Italiyalik mutaxassis klub tarixida ketma-ket 5ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan yagona murabbiyga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Inter" bungacha "Lechche", "Udineze", "Kalyari" va "Milan" jamoalari ustidan g'alaba qozongan edi. Klub keyingi o'yini, yani "Sampdoriya"ga qarshi o'yin 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar