08 iyu 12:39
Yangiliklar
Futbol
Konte "Real"ni boshqarishni istamadi
Madridning "Real" klubi taklifiga Antonio Konte rad javobini berdi.
Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda. Manbaning malum qilishicha, "Real" klubi vakillari Konte bilan aloqaga chiqishgan, ammo italiyalik mutaxassis "CHelsi" bilan 2019 yilga qadar shartnomasi borligini bildirgan. Ushbu xabar g'arb matbuoti tomonidan tasdiqlanmagan bo'lsada, Roman Abramovich hali Antonio Konte bilan hamkorlikni to'xtatmagan.
Football Italia nashrining yozishicha, Konte "Real" futbolchilarining o'z ish uslubiga tayyor ekaniga shubha qilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar