17 may 12:50
Yangiliklar
Futbol

Koreyada Aliboev - Ashurmatov to'qnashuvi bo'ladi, Iskanderov jamoasi "Inchon" bilan o'ynaydi
Bugun Janubiy Koreya K-ligasida 2-tur o'yinlari davom ettiriladi.
Biroz avval, aniqrog'i soat 12:30dan etiboran turning markaziy uchrashuvi boshlandi. Unda "Suvon Samsung" o'z maydonida "Ulsan Xyonde" bilan hisob-kitob qilmoqda.
Soat 15:00dan boshlab o'zbekistonlik Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" jamoasi o'z maydonida Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvanju"ga qarshi bahs olib boradi. Ilk turda seulliklar "Gangvon" jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo'yishgandi. "Gvangju" esa o'z uyida "Seongnam"ga yutqazib qo'ygandi - 0:2.
SHuningdek, "Inchon Yunayted" jamoasi Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva" maydoniga safar uyushtiradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar