01 sen 00:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/83361_220.jpg)
Koreyada Butunjahon jang sanatlari festivali start oldi
Qariyb bir hafta davom etadigan mazkur sport anjumanida dunyoning 50 ga yakin davlati vakillari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Ular orasidan mamlakatimizning O'zbek jang sanati terma jamoasi ham bor.
Butunjahon jang sanatlari festivalining ochilish marosimi haqiqiy bayramona ruhda o'tdi. Tadbirda so'zga chiqqanlar ushbu festivalning sport olamida tutgan o'rni va ahamiyati haqida to'xtalib, barcha ishtirokchilarga bo'lajak musobaqalarda omad va zafar tilashdi.
SHundan so'ng ochilish marosimi uchun tayyorlangan musiqiy va teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yil bo'lib o'tgan festivalda mamlakatimiz sportchilari umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rinni egallashgan edi.
Fikrlar