23 sen 07:10
Yangiliklar
Boshqalar
Koreyada WOMAO Assambleyasi o'tkazildi, O'zbekiston sporti etirofda!
SHu kunlarda Janubiy Koreyaning CHungju shahrida WOMAO, yani Butunjahon jang sanatlari uyushmasining 16-Bosh Assambleyasi o'z ishini davom ettirmokda.
Anjumanning ikkinchi kunida tashkilot bosh kotibi Kim Si-Xyun sport tinchlik elchisi, u orqali millatlar birdamligini mustahkamlash bosh vazifa ekanligini takidladi.
SHuningdek, Kim Si-Xyun kelajak uchun milliy qadriyatlarni, milliy sport turlarini saqlash va uni keng targ'ib qilishda turli nufuzdagi tadbirlarni muntazam ravishda o'tkazish kerakligini urg'uladi.
SHundan so'ng, Yuneskoning mintaqaviy maslahatchisi Sue Vize so'zga chiqib, olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko'ra O'zbekistonda bolalar sportiga qaratilgan etibor natijasida sog'lom turmush tarzi keng targ'ib etilayotgani va mana shu tizimni keng qo'llash kerakligi xususidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar