So’nggi yangiliklar

15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0

15 okt 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Korme Pereyraning davolariga javob qaytardi: "Do'st deb o'ylagandim"

Aleks Pereyra UFC`ni Siril Gan va Josh Xokit o'rtasidagi chempionlik jangini tashkil qilgani uchun tanqid qilib, shu bilan birga ligani Daniel Korme kabi shaxslar orqali jamoatchilik fikrini manipulyaciya qilishda aybladi.

SHarhlovchi esa braziliyalik jangchining davolarini asossiz deb hisoblaydi.

"Aleks Pereyra — biz uzoq vaqtdan beri ko'rgan eng yaxshi jangchilardan biri. U o'rta va yarim og'ir vazn toifalarida chempion bo'lgan, hozir esa og'ir vazn toifasida jang qilmoqda. Aleks bu erda o'tkazgan besh yil davomida biz o'rtamizda yaxshi munosabatlar o'rnatdik. Bizning munosabatlarimiz alo darajada deb hisoblaganman va hatto uni do'st deb o'ylagandim.

Ammo bugun menga Pereyraning intervyusini ko'rsatishdi, unda u bazi gaplarni aytgan va rostini aytsam, ularning ko'pchiligi meni hayron qoldirdi. Birinchidan, gap Josh Xokit va Siril Gan o'rtasidagi jang haqida ketyapti, lekin bu meni unchalik tashvishga solmaydi. Muammo shundaki, u aytgan gaplar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

UFC mendan bu jangni targ'ib qilishni yoki aynan shu jangni tashkil etish kerakligini aytishimni so'ramagan, ammo faktlarni tekshirib ko'rgach, bu jang haqiqatan ham mantiqiy ekanligiga amin bo'ldim. Takrorlayman, Aleks Pereyraga qarshi hech qanday g'arazli niyatim yo'q. Qolaversa, men uni o'z do'stim deb bilaman. Bizda ko'plab ajoyib lahzalar, maroqli intervyular va yoqimli suhbatlar bo'lgan", — dedi Korme o'zining YouTube kanalidagi videoda.

"Poatan"ning Kormega bo'lgan davolari faqat Gan va Xokit jangini targ'ib qilish bilan cheklanib qolmadi. Braziliyalik jangchining so'zlariga ko'ra, intervyulardan birida Korme unga, hatto Oq uydagi turnirda Gan ustidan g'alaba qozongan taqdirda ham, u chempion bo'lmasligini aytgan. UFC`ning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni bu ayblovni ham rad etdi.

"Hammasi umuman unday bo'lmagan. Bu Oq uydagi turnirdan oldin sodir bo'lgan edi. Aleks o'z murabbiyi va tarjimoni Plinio Kruz orqali mendan, agar g'alaba qozonsa, barcha zamonlarning eng buyuk jangchisi bo'ladimi, deb so'radi.

Men u chempion bo'lmaydi, demaganman. Men u hali tarixda eng buyuk jangchi bo'lmasligini aytganman. Men har doim haqiqatni gapiraman. Men bu yigitlarga yolg'on gapirmayman va gapni aylantirib o'tirmayman. Ammo men, agar u g'alaba qozonsa va keyin kamarini himoya qilsa, o'shanda uning nomzodini muhokama qilishimiz mumkinligini aytganman.

Albatta, men u Siril Ganni engsa, chempion bo'lishini ham aytganman. Va uning ismi tarixda eng buyuk jangchilar haqidagi bahslarda tilga olinishini qo'shimcha qilganman. Balki, gap oddiy tushunmovchilikdadir. Biz turli tillarda gaplashamiz va bu ham o'z tasirini o'tkazgan bo'lishi mumkin", — deya qo'shimcha qildi Korme.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing