30 noy 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme rossiyalik jangchilarning o'zaro to'qnashuvini kutayotganini aytdi, ular kimlar?
UFC'ning sobiq chempioni Daniel Korme rossiyalik Arman Carukyan vatandoshi Islam Maxachevga qarshi jang qilishga loyiqligini aytdi.
"Agarda faqatgina mahorat va sportdagi yutuqlarni inobatga olsak, Arman Carukyan Beneil Dariushni mag'lub qilishi mumkin. Uning Islam Maxachevga qarshi jangini 2024 yil yakuniga qadar kutib qolaman", - dedi Korme ESPN nashriga.
Eslatib o'tamiz, Dariush va Carukyan o'rtasidagi jang 3 dekabr kungi UFC Fight Night 233 turnirining asosiy voqeligi bo'ladi. Carukyan o'zining so'nggi jangida braziliyalik Joakim Silvaga qarshi oktagonga chiqqan va ikkinchi raunddayoq g'alabaga erishgan.
Umumiy hisobda 27 yoshli Carukyan MMAda 23 jang o'tkazib, 20 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar